Noxolis baholardan himoyalanish tizimi qanday ishlaydi
Последнее обновление
10 дек 2021
Reytingni shakllantiradigan baholar haydovchining professional sifatlarini aks ettirishi lozim. Reytingingiz maxsus algoritm himoyasi ostida: agar u past baho noxolis qoʻyilganini aniqlasa, oʻsha baho haydovchining reytingiga taʼsir qilmaydi.
Quyida baholar eʼtiborga olinmaydigan ayrim holatlar keltirilgan:
foydalanuvchi haddan ortiq koʻp past baho qoʻysa;
foydalanuvchi yordam xizmatiga tez-tez yozib, chegirma uchun promokod soʻrasa;
faqat «avtomobil modeli hafsalamni pir qildi» degan sabab tufayli past baho qoʻyilgan boʻlsa.
Kelgusida tizim boshqa noxolis baholarni ham aniqlay oladi.
Yordam xizmatining xodimlari avvalgidayreytingga taʼsir qila olishmaydi. Qaysi baho xolis yoki noxolis qoʻyilganini tizimning oʻzi belgilaydi.