Oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar va kuryerlar aylanmadan olinadigan soliqni qanday va qachon toʻlashi kerak
Oxirgi yangilanish 3 Jul 2025
2025-yil 2-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida nazarda tutilgan oʻzgartirishlar tatbiq qilinadi.
Endi servis soliq agenti vazifasini bajaradi va Yandex Taxi va Yandex Yetkazish servislari orqali xizmat koʻrsatuvchi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlaridan 4% miqdorida aylanmadan olinadigan soliqni ushlab qoladi va davlat budjetiga oʻtkazadi. Bu taqvim yili davomida buyurtmalardan olgan daromadi 100 000 000 soʻmdan oshgan haydovchi va kuryerlarga tegishli.
Nima oʻzgardi
Agar daromadingiz yiliga 100 mln soʻmdan kam boʻlsa:
Soliqqa tortilmaydi.
Ijtimoiy soliqni toʻlash — pensiya jamgʻarmalari uchun ixtiyoriy.
Muhim: har yili 1-yanvardan boshlab daromad «nolga tushiriladi», hatto oldingi yilda limitdan oshib ketgan boʻlsa ham
Agar daromadingiz 100 mln soʻmdan 1 mlrd soʻmgacha boʻlsa:
Aylanmadan 4% soliq toʻlash kerak.
Servis soliq agenti sifatida ushbu summani ushlab qoladi va davlat budjetiga oʻtkazadi.
Aylanmadan olinadigan soliqni Yandex Pro orqali toʻlash qanday amalga oshiriladi?
Yillik daromad 100 million soʻmdan oshgandan keyin, servis avtomatik ravishda har bir buyurtmadan keluvchi daromaddan 4% ushlab qolishni boshlaydi. Bu har qanday toʻlov shaklida — naqd pulda ham, karta orqali ham amal qiladi. Ushlanmalar Yandex Pro'dagi bajaruvchi balansida koʻrinadi.
Ushlab qolingan summalarni servis bir toʻlov bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga hisob-kitob oyidan keyingi oyning 15-sanasigacha yuboradi. Soliq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma Yandex Pro chatlariga kelib tushadi.
Aylanmadan olinadigan soliq ushlanmalarini qayerda kuzatish mumkin?
Yandex Pro'da → «Pul» boʻlimi → «Aylanmadan olinadigan soliq» filtri. Bu yerda daromaddan ushlab qolingan summalar koʻrinadi. Boʻlimda kunlik, haftalik yoki oylik ushlab qolishlarni kuzatish mumkin.
Safar tugashi bilan ushlanmalar darhol ko'rinadi. Ularni Yandex Pro ilovasi balansidagi «Aylanmadan soliq ushlab qolish» belgisi orqali kuzatib borsa bo'ladi.