Yetkazib berish daromadi nimadan iborat
Oxirgi yangilanish 19 Aug 2025
Rag‘batlantirish tizimi
Yandex Eats xizmatida hamkor-kuryerlar uchun oddiy va moslashuvchan rag‘batlantirish tizimi amal qiladi.
1️⃣ O‘zgarmas to‘lov
Mukofot quyidagicha amalga oshiriladi:
Mijozga yetkazib berish uchun o‘zgarmas to‘lov — 4900 UZS. Multibuyurtmalarda — har bir buyurtma uchun.
Yetkazib berishning butun marshruti uchun pul to‘lanadi — restorangacha ham, mijozgacha ham. 1 km uchun bazaviy narx — 1400 UZS.
Har bir hududda talab koeffitsiyenti bor — uni marshrut uchun to‘lovga ko‘paytiramiz. Joydagi buyurtmalar soniga bog‘liq va 1 dan 3 gacha (qo‘shimcha koeffitsientni hisobga olmagan holda) o‘zgaradi.
Uni Yandex Pro ilovasida buyurtmani olayotganingizda va asosiy ekrandagi xaritada bilib olishingiz mumkin. Turli koeffitsientli hududlar turlicha rangda belgilanadi va real vaqt rejimida yangilanadi. Koeffitsient qancha yuqori bo‘lsa — shuncha foydali.
2️⃣ Og‘ir buyurtmalar uchun qo‘shimcha to‘lov
10 kg dan boshlanadigan buyurtmalar uchun «Piyoda», «Velosiped» va «Elektrovelosiped» yordamida harakatlanadigan barcha kuryerlar qo‘shimcha 2450 UZS to‘lov oladilar. Do‘konlar, restoranlar va multibuyurtmalardan barcha yetkazib berishlar hisobga olinadi (agar ularning umumiy vazni 10 kg bo‘lsa). Qo‘shimcha to‘lov avtomatik tarzda har haftalik hisobot bilan keladi.
O‘zgarishlar ham rejali, ham bo‘sh slotlar uchun amal qiladi.
3️⃣ Barcha rejali slotlarda qo‘shimcha koeffitsiyent ham mavjud
U turlicha bo‘lishi mumkin va slotdagi har bir buyurtmaning oddiy koeffitsiyentiga qo‘shilishi mumkin. Uning hajmini «Jadval» sahifasida va buyurtma kartochkasida ko‘rish mumkin.
Bizda talabdan qat’i nazar rejali slotlarda doim oshirilgan koeffitsiyent bor 🤩