Naqd pul bilan to‘lash
Oxirgi yangilanish
29 Feb 2024
Xizmatdagi ko‘pchilik buyurtmalar naqd pulli buyurtmalardir. Ko‘proq buyurtmalar yetkazishni istasangiz, profilda balansni to‘ldiring. Bu maqolada bunday buyurtmalarni qanday yetkazish kerakligi haqida batafsil so‘zlab beramiz.
Bu qanday ishlaydi
Mijozlardan naqd pulli buyurtmalarni olish uchun musbat balansga ega bo‘lish kerak. Tavsiya etiladigan to‘ldirish summasi — kamida 600 000 UZS. Bu taxminan beshta buyurtmani yetkazish summasi.
Shuningdek, mijozga qaytim uchun o‘zingiz bilan kamida 100 000 UZS olib yurishni maslahat beramiz.
Buyurtma qabul qilinganida balansdan uning summasi yechib olinadi. Bu pulni siz mijozdan olasiz.
Buyurtmalarni qanday bajariladi
Buyurtmani qabul qiling. Uning summasi balansingizdan yechib olinadi.
Buyurtmani olib keting.
Uni mijozga yetkazing.
Mijoz bilan hisob-kitob qiling. Kerak bo‘lsa — qaytim bering.
Pulini olganingizdan keyin mijozga buyurtmani topshiring.
Agar mijoz aloqaga chiqmayotgan bo‘lsa
Mijoz bilan bog‘lanishga urinib ko‘ring.
«Mijoz aloqaga chiqmayapti» tugmasini bosing.
10 daqiqa mobaynida mijoz bilan bog‘lanish harakatlarini davom ettiring.
Mijoz aloqaga chiqmagan bo‘lsa — yordam xizmatiga yozing, endi nima qilish kerakligini aytishadi. Buyurtma bekor qilinsa, pullar avtomatik tarzda balansga qayatdi.
Balansni telegram bot orqali kartadan to‘ldirish mumkin
/start buyrug‘i bilan botni ishga tushiring.
Kartani ulang.
Summani yozing.
Summa kartangizdan yechib olinadi va «Buyurtmalar uchun balans» ruknida ko‘rinadi.