Правила безопасного вождения
Oxirgi yangilanish 22 Apr 2025
Velosipedchilar uchun
Slot boshlanishidan oldin
Slotni boshlashdan oldin velosipedni tekshiring. Shinalardagi bosim, rul, tormozlar, zanjir, egarning balandligi, old va orqa chiroqlar — hammasi sizga mos va to‘g‘ri sozlangan bo‘lishi kerak, shunda harakatlanishingiz qulay va xavfsiz bo‘ladi. Velosipedda orqa signal chiroqlari yoki yorug‘lik aks ettiruvchi elementlar mavjudligiga ishonch hosil qiling.
Slot davomida
Ko‘zga tashlanadigan bo‘ling.
Har doim chiroqlarni yoqing: old va orqa. Hatto kunduzi ham. Shunda yo‘llarda ko‘rinishingiz yaxshilanadi va avariya xavfi kamayadi. Tungi payt yoki yoritilish yetarli bo‘lmagan sharoitlarda harakatlanayotganda, yorug‘lik aks ettiruvchi elementlarga ega buyumlarni olib yuring. Velosipedda old chiroq, orqa qizil aks ettiruvchi yoki chiroq, hamda sariq yoki qizil yon aks ettiruvchilar borligini tekshiring.
Agar tunda yo‘lning qatnov qismida harakatlansangiz, boshqa yo‘l qatnashchilari sizni ko‘rishi uchun aks ettiruvchi elementlarga ega jilet yoki ustki kiyim kiying.
Qayerda va qanday harakatlanish mumkin
Hech kimga xalaqit bermasdan va belgilangan manzilga tezroq yetib borish uchun quyidagi joylarda harakatlaning:
Velosiped yoki velopiyoda yo‘laklarida, yoxud velosipedchilar uchun mo‘ljallangan qator bo‘ylab
Yo‘lning o‘ng chetida, shu jumladan jamoat transporti uchun ajratilgan qatorda (agar 1-bandga muvofiq harakatlanishning imkoni bo‘lmasa)
Yo‘l chetida (agar 1 va 2-bandlarga muvofiq harakatlanishning imkoni bo‘lmasa)
Trotuar yoki piyodalar yo‘lagida (agar 1–3-bandlarga muvofiq harakatlanishning imkoni bo‘lmasa)
Velosipedchilar ham avtomobil haydovchilari va piyodalar kabi to‘la huquqli yo‘l harakati qatnashchilari hisoblanadi:
agar maxsus infrastrukturalar (velosiped yo‘laklari) bo‘lmasa, velosipedchilar yo‘lning o‘ng chetida harakatlanishi kerak
agar avtobuslar uchun ajratilgan qator yo‘lning o‘ng chetida bo‘lsa, velosipedchilar u yerda ham harakatlanishi mumkin.
Agar yuqoridagi bandlarning birortasi ham mavjud bo‘lmasa, trotuarda harakatlanish mumkin, biroq piyodalar har doim ustunlikka ega ekanini yodda tuting.
Oldindan taxmin qilinadigan bo‘ling
Manevralaringizni qo‘l bilan ko‘rsating. Ularni amalga oshirishdan avval, siz yaxshi ko‘rinayotganingizga ishonch hosil qiling va tezlikni pasaytiring.
Yo‘l chiziqlariga e’tiborli bo‘ling
Uzluksiz chiziqlarni kesib o‘tish va qarama-qarshi yo‘l qismiga chiqish mumkin emasligini yodda tuting.
Svetoforga e’tibor bering
Velosipedchilar uchun o‘rnatilgan svetoforga qarab harakatlaning. Agar u bo‘lmasa, transport svetoforiga rioya qiling, agar piyoda ketayotgan bo‘lsangiz, piyodalar svetoforiga e’tibor bering.
Velosipedni yoningizda olib o‘ting
Piyodalar o‘tish joyidan velosipedda harakatlanish taqiqlanadi, shu bois yo‘lni kesib o‘tayotganda piyoda yuring va velosipedni yoningizda olib o‘ting.
YTH yoki piyoda bilan to‘qnashuv yuz berganda nima qilish kerak
YTH ro‘y berganda nimalar qilish kerak:
tinchlaning va o‘zingiz hamda voqea ishtirokchilarining ahvoli yaxshi ekaniga ishonch hosil qiling
agar hamma yaxshi bo‘lsa va hech kimning da’vosi bo‘lmasa, tinchgina tarqalishingiz mumkin
agar jarohat, velosipedning buzilishi yoki jiddiy YTH sababli yetkazib berishni davom ettirishning iloji bo‘lmasa, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Samokat haydovchilari uchun
Slot boshlanishidan oldin
Slotni boshlashdan avval samokatni tekshiring. Batareya sig‘imi, rul boshqaruvi va ovoz signali — bularning barchasi soz va o‘zingizga qulay tarzda moslangan bo‘lishi kerak, harakatlanish qulay va xavfsiz bo‘lishi uchun.
Bosh va tana himoyasi uchun jihozlardan foydalaning: shlem, tizza va tirsak himoyalagichlari.
Slot davomida
Ko‘zga tashlanadigan bo‘ling. Har doim chiroqlarni yoqing: old va orqa. Hatto kunduzi ham. Shunda yo‘llarda ko‘rinishingiz yaxshilanadi va avariya xavfi kamayadi. Tungi yoki yoritilish yetarli bo‘lmagan sharoitlarda, boshqa haydovchilar osongina ko‘ra oladigan yorug‘lik aks ettiruvchi elementlarga ega buyumlarni o‘zingiz bilan olib yuring.
Qayerda va qanday harakat qilish mumkin
Hech kimga xalaqit bermasdan va belgilangan manzilga tezroq yetib borish uchun quyidagi yo‘llarda harakatlaning:
Velosiped yoki velopiyoda yo‘lagi, yoxud velosipedchilar uchun mo‘ljallangan qator bo‘ylab.
Yo‘lning o‘ng chetida, shu jumladan jamoat transporti uchun ajratilgan qator (agar 1-bandga muvofiq harakat qilishning imkoni bo‘lmasa).
Yo‘l chetida (agar 1 va 2-bandlarga muvofiq harakat qilishning imkoni bo‘lmasa).
Yashash hududlari va piyodalar zonalarida, shuningdek, ularga tutash hududlarda, boshqa piyodalar va transport vositalariga xalaqit bermasdan, trotuar, yo‘l cheti yoki qatnov qismi bo‘ylab harakatlanishingiz mumkin.
Shuningdek, agar avtobuslar uchun mo‘ljallangan qator yo‘lning o‘ng chetida bo‘lsa, o‘sha yerdan ham harakatlanishingiz mumkin. Agar yuqorida keltirilgan variantlarning birontasi ham mavjud bo‘lmasa, trotuarda harakatlaning. Biroq shuni yodda tutingki, piyodalar har doim ustunlikka ega.
Velosiped yo‘laklari va trotuarlardagi harakat tezligi 10 km/soatdan, yo‘lning qatnov qismida esa 20 km/soatdan oshmasligi kerak.
Yo‘l chiziqlariga e’tiborli bo‘ling
Uzluksiz chiziqlarni kesib o‘tish va qarama-qarshi yo‘lga chiqish taqiqlanganini yodda tuting.
Svetoforga e’tibor bering
Velosipedchilar uchun o‘rnatilgan svetofor bo‘lsa, o‘shanga qarab harakatlaning. Agar u bo‘lmasa, transport svetoforiga, piyoda yurganingizda esa piyodalar svetoforiga rioya qiling.
YTH yoki piyoda bilan to‘qnashuv yuz berganda nima qilish kerak
YTH ro‘y berganda nimalar qilish kerak:
tinchlaning va o‘zingiz hamda voqea ishtirokchilarining ahvoli yaxshi ekaniga ishonch hosil qiling
agar hamma yaxshi bo‘lsa va hech kimning da’vosi bo‘lmasa, tinchgina tarqalishingiz mumkin
agar jarohat, velosipedning buzilishi yoki jiddiy YTH sababli yetkazib berishni davom ettirishning iloji bo‘lmasa, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.