Qanday qilib yordamga murojaat qilish mumkin
Oxirgi yangilanish
30 Aug 2024
Yordam xodimlari sizga qiyin vaziyatlarda yordam berishadi — masalan, agar:
Siz YTH kabi fors-major holatlar tufayli buyurtmangizni yakunlay olmasangiz.
Oluvchi aloqaga chiqmasa yoki eshikni ochmasa va sizda uchta qoʻngʻiroqdan keyin «Qaytarish» tugmasi paydo boʻlmasa.
Siz joʻnatmalarni adashtirib yuborgan boʻlsangiz.
Yuboruvchi yoki oluvchiga SMSda tasdiq kodi kelmasa.
Yuboruvchi yoki oluvchi bilan jiddiy nizoga borgan boʻlsangiz.
Joʻnatmada taqiqlangan narsa borligini bilib qolsangiz.
Texnik jihatdan buyurtmani bajarish imkonsiz boʻlsa.
Ilovada Yordam xizmati bilan qanday bogʻlanish mumkin
Yordam xizmatiga murojaat qilishning ikkita usuli bor:
Agar joriy buyurtma haqida savolingiz boʻlsa, buyurtma kartochkasi orqali yordam xizmatiga murojaat qiling. 9:00 dan 22:00 gacha kartochkada ovozli yordam amal qiladi — qoʻngʻiroq qiling, sizga eng tezkor tarzda yordam beriladi.
Agar boshqa savolingiz boʻlsa. Profil orqali yordam chatiga yozing.
Qanday qilib yordam xizmatiga toʻgʻri yozish mumkin
Bitta savol — yordam xizmatiga bitta xabar. Yordam xizmatiga xabar yuborganingizda, u navbatga qoʻyiladi. Agar ketma-ket bir nechta xabar yozsangiz, har bir yangi xabar sizni navbatning oxiriga olib oʻtadi.
Notoʻgʻri: «Javob qayerda?», «Nega javob bermayapsiz?» deb yozish. Siz yana navbatning oxiriga oʻtasiz va faqat koʻproq kutishingizga toʻgʻri keladi.
Toʻgʻri: savolingizga javob berilishini kutish va shundan soʻng keyingisini soʻrash. Shu usulda tezroq yordam olasiz.
Qoʻpollik qilmang — haqoratli xabarlar boshqalarga qaraganda kechroq koʻrib chiqiladi.