Brendlash standartlari
Oxirgi yangilanish
6 Aug 2024
Avtomobil buyurtmalarni taqsimlash vaqtida ballar va brendlashning boshqa bonuslariga ega boʻlishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Avtomobil kuzovida jiddiy shikastlanishlarning boʻlmasligi
Faqat sezilmas shikastlanishlarga, deylik mayda siniqlarga ega mashinalarni brendlash mumkin.
Shikastlangan joy stiker oʻrnida boʻlmasligi kerak.
Eski stikerlarning izi qolgan, qirilgan va ezilgan joylari koʻp mashinalarga stiker yopishtirish mumkin emas.
Detallari turli rangga boʻyalgan, kuygan yoki har xil qoplamali avtomobillar brendlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
2. Yukxonaning orqa qismi va orqa bamperdan tashqari avtomobil kuzovida begona reklama yoki stikerlar boʻlmasligi kerak
Begona stikerlar haqida quyida batafsil maʼlumot keltirilgan.
Istisnolar mavjud: «Tikan» stikerlar, «Eshitish qobiliyati sust haydovchilar», tarif shartlari aks etgan taxtacha, hamda niqob va qoʻlqop taqishga chaqirilgan belgilar.
3. Stikerlarda chegaralarga, elementlarning qiyalik burchaklari, tekislash qoidalariga amal qilingan, barcha elemnentlar oʻz oʻrnida va shikastlanishlarsiz (masalan, yirtiqlar)
Agar shahringizda ort oynaga stiker yopishtirish majburiy boʻlsa, u ham qoʻllanmaga muvofiq brendlangan boʻlishi kerak.
Stiker yopishtirish qoidalari haqida qoʻllanmada batafsil maʼlumot mavjud.