Brendlash qanday tasdiqlanadi
Oxirgi yangilanish
6 Aug 2024
Siz stikerni tasdiqlagach, brendlash uchun belgilangan imtiyozlar amal qilishni boshlaydi.
Stiker qanday tasdiqlanadi
Stiker yopishtirilgandan keyin haydovchi kartochkasida avtomobil brendlanganini belgilab qoʻyishlari uchun taksoparkingizga murojaat qiling.
Biz stikerni eng erta brendlash fotonazoratida tekshiramiz.
Stiker va kuzov joyidaligi tasdiqlangach, brendlash uchun belgilangan imtiyozlar amal qilishni boshlaydi.
Nima uchun brendlash tasdiqlanmayapti va bu holatda nima qilish kerak
Sabab. Fotonazoratdan Yandex Pro ilovasida stikerni tasdiqlashdan oldin oʻtgansiz
Nima qilish kerak. Aniq stikerni belgilaganingizni tekshiring va fotonazoratdan qayta oʻting.
Sabab. Fotonazoratda kuzov yoki stiker holatiga nisbatan eʼtirozlar bor edi.
Nima qilish kerak. Profilning «Diagnostika», «Xabar» boʻlimini yoki «Ogohlantirish» chatini tekshiring. U yerda aynan qanday kamchiliklar borligi haqida izohlar boʻlishi mumkin. Kamchiliklarni tuzatib, fotonazoratdan qayta oʻting.
Agar izohlar sizga tushunarsiz boʻlsa yoki kamchiliklarni qanday tuzatishni bilmasangiz, yordam xizmatiga murojaat qiling. Sizga stikerni tasdiqlash uchun nima qilish kerakligi haqida aytib berishadi.
Brenlashning tasdiqlanishiga aksar hollarda nimalar toʻsqinlik qiladi
Kuzovdagi jiddiy kamchiliklar. Chuqur botiqlar yoki qirilgan joylari mavjud, har xil rangga boʻyalgan, lok-boʻyogʻi kuygan yoki shilingan kuzovning ustiga stiker yopishtirish mumkin emas.
Begona stiker. Kuzovda begona stikerlar boʻlmasligi kerak.
Brendlash standart boʻyicha amalga oshirilmagan. Xizmat stikeri belgilangan standartlar asosida bajarilishi kerak.
Taksi avtomobiliga qoʻyilgan talablarning buzilishi. Turli mintaqalarning maʼmuriyati mashinalarga, deylik, kuzov rangiga nisbatan qoʻshimcha talablar oʻrnatgan boʻlishi mumkin.