Yuqori talab nima?
Oxirgi yangilanish
1 Dec 2023
Agar shaharning biror qismida taksi chaqiruvchilar boʻsh haydovchilar sonidan koʻp boʻlsa, safar narxi oshadi.
Talabning keskin oshishiga asosan noqulay ob-havo, tigʻiz vaqt yoki ommaviy tadbirlar taʼsir qiladi. Buyurtmalarni taqsimlash tizimimiz shunday joylarni avtomatik aniqlab, narxlarni belgilaydi.
Talab qayerda yuqoriligini qanday bilish mumkin?
Yandex Pro xaritasida talab yuqori hududlar siyohrang bilan ajratiladi.
Narx qanday oshadi?
Safar narxi ustamalar hisobiga oshadi. Bunday holatda safar narxiga oʻrnatilgan summa qoʻshiladi.
Masalan, yangi buyurtma ekranidagi +5000 yozuvi uning narxi 5000 soʻm ga oshganini bildiradi.
Foydalanuvchilar ilovalarida tarif narxining oshganini koʻradilar, Yandex Pro esa safarning yakuniy narxini hisoblayotganda uni avtomatik hisobga oladi.