Qanday stikerlar brendlashning fotonazoratdan oʻtishiga toʻsqinlik qiladi
Oxirgi yangilanish
7 Aug 2024
Hatto agar avtomobilga Yandexning reklama materiallari toʻgʻri yopishtirilgan boʻlsa-da, u kuzov yoki oynalardagi begona stikerlar tufayli ustuvorlik ballari va brendlash uchun imtiyozlarni olmasligi mumkin.
Agar rasmlarda tashqi begona stikerlar boʻlsa, brendlash tasdiqlanmaydi.
Qoʻllanmada mavjud boʻlmagan har qanday stiker begona stiker hisoblanadi. Orqa bamper va yukxonaning orqa qopqogʻiga faqat taksopark haydovchilarni ishga taklif qilishga oid stikerlarini joylashtira oladi.
Bundan tashqari, mashinada «tikan» stikerlar, «Bolalar» yoki «Koʻrish qobiliyati sust haydovchi» kabi stikerlar, tarif shartlari aks etgan taxtachalar boʻlishi mumkin.
Mana bunday stikerlar fotonazoratdan oʻtishga toʻsqinlik qiladi:
Agar avtomobilingizdagi brendlash tasdiqlanmagan boʻlsa, begona stikerlarni olib tashlang va fotonazoratdan qayta oʻting.
Fotonazoratdan muvaffaqiyatli oʻtilgach, biz mashinada begona stikerlarn yoʻqligini koʻrganimizdan keyin, brendlash uchun beriladigan bonuslar qaytariladi.
Quyidagi tugma orqali fotonazorat haqida batafsil oʻqish mumkin.