Sodiqlik dasturi qanday ishlaydi
Oxirgi yangilanish 27 Feb 2026
Sodiqlik dasturida ballaringiz qancha ko‘p bo‘lsa, imkoniyatlaringiz ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Qanday ishtirok etish mumkin?
Yandex Pro orqali foydalanuvchilarning buyurtmalarini bajaradigan barcha servis hamkorlari sodiqlik dasturida ballar to‘plashlari mumkin. Dastur afzalliklaridan foydalanishni boshlash uchun 1500 ball va birinchi — «Master» darajasini qo‘lga kiritish kifoya.
Ballar bosib o‘tilgan kilometrlar uchun chaqiruv nuqtasigacha va buyurtma davomida hisoblanadi. Bu ballarning yanada bir tekisda to‘planishi uchun qilingan: masofa qancha uzoq bo‘lsa, ballar miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Turli shahar va tariflarda ballar miqdori farq qilishi mumkin. Bu haqidagi ma’lumotni 1-mart kuni Yandex Pro'dagi «Sodiqlik dasturi» bo‘limiga qo‘shamiz.
Joriy oyda qancha ko‘p ball to‘plasangiz, keyingi oy davomida shunchalik yuqori daraja amal qiladi.
Masalan, aprel oyi oxiriga kelib, «Ekspert» bo‘lish uchun yetarli ball to‘pladingiz. Butun may oyi davomida ushbu darajaning afzalliklari amal qiladi. May oyidagi darajangiz esa aprel oyida qancha ball to‘plaganingizga bog‘liq bo‘ladi va hokazo.
Istalgan vaqtda Yandex Pro profilingizda o‘z darajangizni va keyingisiga o‘tish uchun qancha ball qolganini ko‘rishingiz mumkin.
Har bir daraja yangi afzalliklardan foydalanish imkonini beradi. Daraja afzalliklari joriy oy davomida amal qiladi. Ulardan foydalanishda davom etish uchun keyingi oyga darajangizni saqlab qoling yoki uni oshiring.
Ballar kalendar oy davomida to‘planadi — joriy oyda ular qancha ko‘p bo‘lsa, keyingi oy uchun shunchalik yuqori darajani qo‘lga kiritasiz. Agar servis bilan uzoq vaqt hamkorlik qilsangiz va doimiy ravishda buyurtmalarni bajarsangiz, eng yaxshi afzalliklarga ega bo‘lgan eng yuqori darajalarga erishishingiz mumkin. Bu haqda batafsil quyida tanishasiz.
Dastur nimalardan iborat?
Dasturda beshta daraja mavjud bo‘lib, ularning har birini qo‘lga kiritish uchun muayyan shartlarni bajarish kerak:
● Master Bir oyda 1500 ball
● Profi Bir oyda 5500 ball
● Ekspert Bir oyda 10 000 ball
● Chempion 12 oy ketma-ket 10 000 balldan
● Afsona 36 oy ketma-ket 10 000 balldan
Yangi darajani olishning majburiy sharti — avvalgi darajani hech bo‘lmaganda bir marta olgan bo‘lish.
Darajalar qanday afzalliklar beradi?
Daraja qanchalik yuqori bo‘lsa, afzalliklar shuncha ko‘p bo‘ladi. Har bir yangi daraja bilan avvalgi afzalliklarga yangilari qo‘shiladi, ba’zilarining esa ko‘rsatkichi o‘zgaradi — masalan, komissiya uchun chegirma miqdori oshadi.
Darajani tiklash mumkinmi?
Sodiqlik dasturida bir kalendar yilida ikki marta darajani o‘tgan oydan joriy oyga ko‘chirish mumkin.
Masalan:
1) Siz 2026-yil aprel oyida 10 000 [6] balldan ko‘proq to‘pladingiz va 2026-yil may oyi uchun «Chempion» darajasini qo‘lga kiritdingiz.
2) 2026-yil may oyi uchun siz 10 000 [7] balldan kam to‘pladingiz — dam olishga ketdingiz, kasal bo‘lib qoldingiz yoki shunchaki tanaffus qilishga qaror qildingiz.
3) Iyun oyi uchun sizga «Profi» darajasi berildi.
4) «Chempion» darajalari seriyasini davom ettirish va kelajakda «Afsona» darajasiga erishish uchun siz 2026-yil iyun oyiga «Chempion» darajasini tiklaysiz.
Tiklash imkoniyatidan istalgan darajada foydalanish mumkin, lekin bu, ayniqsa, «Ekspert», «Chempion» va «Afsona» darajalarini ketma-ket olgan oylar seriyasini saqlab qolish uchun juda foydali. Bu doimiy komissiya chegirmasiga ega top darajalarga erishish yo‘lida yordam beradi.