Premier tarifiga oid xizmat standartlari
Oxirgi yangilanish
18 Oct 2024
Premial tarifga yoʻlovchilarning eʼtibori yuqori. Shu bois unda haydovchi va avtomobilga nisbatan eng yuksak talablar amal qiladi.
Premier tarifi haydovchisining tamoyillari
Xayrixohlik va eʼtibor. Siz yoʻlovchiga eʼtibor qaratishga va uning safarga oid qoʻshimcha istaklarini inobatga olishga tayyorsiz.
Xotirjamlik va bosiqlik. Siz hamma narsaga xotirjamlik va vazminlik bilan munosabat bildirasiz. Hatto sizni bunga undashsa ham ziddiyatlardan qocha olasiz. Bahsli holatda professional sifatida xolis harakat qilasiz.
Masʼuliyat va xushmuomalalik. Yoʻlovchining xavfsizligi va qulayligi sizning qoʻlingizda. Siz yordamga tayyorsiz, ammo uni majburan taklif qilmaysiz. Mijoz va xizmat foydasi uchun maxfiylikni saqlay bilasiz.
Professionalizm va salobat. Foydalanuvchilar shaxsan siz tufayli tarifga qaytishadi. Har bir mayda detal: masalan, ulovni qanday boshqarishingiz, tashqi qiyofangiz, yoʻldagi boshqa odamlarga qanchalik yaxshi munosabatba boʻlishingiz — professional ekaningizdan darak beradi.