Hamrohli buyurtmalar qanday bajariladi
Oxirgi yangilanish
21 Dec 2023
Toshkentda hamrohli buyurtmalar paydo boʻldi — safarda yoʻlovchiga yana bir kishi qoʻshilishi mumkin.
Bu qanday tashkil qilingan
Haydovchi avval bir yoʻlovchini, soʻng boshqasini olib ketadi. Safar vaqti uzayishi mumkin, ammo bunday buyurtmada har bir hamrohdan alohida toʻlov olasiz.
Mashinada bir vaqtda ikkitadan ortiq yoʻlovchi boʻlishi mumkin emas — har biri bitta oʻrinni egallaydi. Bu parametrni tanlar ekan, foydalanuvchi safar vaqti uzayishi mumkinligiga rozilik beradi.
Haydovchi uchun har bir hamroh alohida buyurtma hisoblanadi. Bu Faollik ballarini hisoblashda va shaxsiy maqsadlarni amalga oshirish uchun buyurtmalarni sanashda inobatga olinadi.
Haydovchi hamroh bilan safar uchun tarif boʻyicha minimaldan kam boʻlmagan summani oladi. Hamroh topilmasa, safar haqini faqat bitta yoʻlovchi toʻlaydi. Bunda safar summasi minimal narxdan kamroq chiqishi mumkin. Bu holatda oradagi farq Yandex Pro balansiga bonus bilan qoplab beriladi.
Hamrohli buyurtmalar qanday bajariladi
Buyurtmani qabul qilishiniz bilan ilova hamroh qidirishni boshlaydi. Topishi bilan bu haqda ogohlantiradi va marshrutni avtomatik tarzda qaytadan tuzadi.
Birinchi foydalanuvchi oldiga kelganingizda pardachani yuqoriga tortib, «Yetib keldim» slayderini chapdan oʻngga surish kerak.
Birinchi foydalanuvxchi mashinaga oʻtirganida, «Ketdik» tugmasini bosib, B nuqta tomonga harakatlaning.
Ikkinchi yoʻlovchi oldiga kelganingizda, yana bir bor «Yetib keldim», u mashinaga oʻtirganida esa «Ketdik» tugmasini bosish kerak. Yandex.Pro ikkala yoʻlovchining tushish nuqtalari koʻrsatilgan maqbul yoʻnalishni tuzadi va hamrohlardan qay biri qachon chiqishini aytadi.
Foydalanuvchilardan biri birinchi boʻlib tushib qoladi, shuning uchun avval bitta safarni yakunlashingiz mumkin. Ekranda unning narxi va olingan Faollik ballari koʻrinadi.
Har bir hamroh safar uchun alohida toʻlaydi. Foydalanuvchining buyurtmasi naqd pulli boʻlsa — toʻlovni olishni unutmang.
Ikkinchi foydalanuvchi tushganidan keyin yana bitta safarni yakunlash mumkin.