Standartlarni qanday nazorat qilib boramiz: fotonazorat
Oxirgi yangilanish
30 Sep 2024
Fotonazorat — bu sizga buyurtmalar olish imkoniyatini ochadigan yoki uzaytiradigan avtomobil va hujjatlarning masofaviy tekshiruvi.
Fotonazorat bir martalik yoki davriy boʻlishi mumkin
Bir martalik tekshiruvlardan roʻyxatga olish vaqtida oʻtilishi lozim. Takroran esa faqat maʼlumotlarni oʻzgartirayotganingizda oʻtasiz.
Davriy tekshiruvlar esa muntazam ravishda oʻtkaziladi. Keyingi tekshiruv sanasini «Fotonazorat» ruknida koʻrishingiz mumkin (selfi tekshiruvidan tashqari). Tekshiruvdan ruxsatlarni yoʻqotmagan holda oldindan oʻtish mumkin.
Keyingi fotonazorat haqida qanday bilish mumkin:
Agar kirish imkoniyati yoki tariflarning bir qismi cheklansa, bu maʼlumotni «Diagnostika» boʻlimida koʻrasiz.
Barcha mavjud va oʻtilgan tekshiruvlarni «Fotonazorat» boʻlimida koʻrishingiz mumkin.
Tekshiruvlar natijalari va yaqinlashayotgan muntazam fotonazorat — «Ogohlantirishlar» chatida.
Fotonazoratdan muvaffaqiyatli oʻtish uchun quyidagilarni yodda tutish zarur:
OʻzR hududida xizmat buyurtmalari bilan ishlashga faqat Oʻzbekiston davlat registratsiya raqamiga ega avtomobillarga ruxsat beriladi.
Xizmat buyurtmalari bilan ishlash uchun avtomobil eshiklari soni 4 tadan kam boʻlmasligi kerak.
Avtomobilni fotonazoratdan oʻtkazish uchun hech qayerga borish kerak emas. Mashinani tayyorlab, uni Yandex Pro yordamida suratga olish kifoya — ilovada koʻrsatmalar beriladi.
Faqat profilingizda eʼlon qilingan avtomobilni suratga olish mumkin.
Mashinani kunning yorugʻ qismida yoki yaxshi yoritilgan joyda (savdo markazi avtoturargohi, ochiq turargoh, koʻcha chiroqlari ostida) suratga olishga harakat qiling. Agar suratda salon yoki kuzov elementlari koʻrinmasa yoki yaxshi koʻrinmayotgan boʻlsa, suratga olish vaqtida chaqnoqni ishlating.
Tekshiruv uchun xira, qorongʻi yoki juda yorugʻ tasvirlar, aniqlik darajasi past fotosuratlar, boshqa elektron qurilmalar, ilovalar yoki eski fotosuratlardan qayta suratga olingan, shuningdek, korreksiya yoki retushdan oʻtkazilgan suratlarni qabul qilmaymiz.
Agar sizda brending yoki bolalar oʻrindigʻi boʻlsa, ularni alohida suratga olish zarur.
Odatda mashina va hujjatlar fotonazorati10 kunda bir marta oʻtkaziladi. Agar taksopark maʼlumotlarni oʻzgartirsa yoki xizmat sifatini yaxshilashga yorsam beradigan qoʻshimcha tekshiruv zarur boʻlsa, tizim undan ertaroq oʻtishni soʻrashi mumkin.
Fotonazoratdan vaqtida oʻtilmasa, buyurtmalarga kirish imkoni vaqtincha yopiladi. U muvaffaqiyatli tekshiruvdan keyin qayta tiklanadi.
Tekshiruv natijalari «Ogohlantirishlar» chatiga yuboriladi. U yerda tekshiruvdan oʻtmaganlik sababi ham koʻrsatiladi. Bu holatda kamchiliklarni tuzatib, yangi suratlarni yuborish lozim. Ayrim hollarda suratlarni faqat bir qismini qaytadan olish kerak boʻlishi mumkin. Tekshiruvdan keyin xizmatga kirish imkoni darhol tiklanadi. Tekshiruvga 5-15 daqiqa vaqt ketadi.
Qanday qilib Yandex Pro ilovasida fotonazoratni topish va tekshiruvni boshlash mumkin