Sirli mijozlar tomonidan premial tariflar standartlariga rioya etilishini tekshirish
Oxirgi yangilanish
20 Sep 2024
Biz Ultima: Business va Premier tariflaridagi barcha sayohatlarni standartlarga muvofiq saqlashga intilamiz.Standartlar orqali yoʻlovchilar ko‘z o‘ngida haydovchining professionalligi namoyon boʻladi. Biz standartlarga rioya etilishini bir necha usulda tekshiramiz, ulardan biri sirli mijozlar tekshiruvidir.
Sirli mijozlar oddiy yoʻlovchilardek safar qiladi, siz buyurtmani bajarayotganingizda tekshiruvdan oʻtayotganingizni bilmaysiz. Ularning buyurtmalari oddiy foydalanuvchilarniki kabi taqsimlanadi. Bunday yondashuv tekshiruvning haqiqatan ham tasodifiy boʻlishiga va haydovchiga safarlarda nimani tuzatish kerakligini yaxshiroq aniqlashga yordam beradi.
Tekshiruvlar boshlanishidan avval barcha sirli mijozlar xizmat qoidalari va tarif standartlari bo‘yicha oʻquv kursidan oʻtadilar. Ular haydovchi safarning har bir lahzasida, jumladan, nostandart vaziyatlarda nima qilishi kerakligini biladi. Sirli mijozlarni tekshiruvlarni obyektiv va xolisona oʻtkazadilar, ularning maqsadi — tarif bo‘yicha muayyan safarda sifat standartlarining aniq bajarilishini qayd etishdir.
Tekshiruv qanday oʻtadi
Sirli mijozlar siz ishtirok etgan safar haqidagi hisobotni puxtalik bilan toʻldiradilar. Ular tarif standartlariga qanchalik aniq rioya qilishingizni qayd etib, safar haqidagi umumiy taassurot bilan oʻrtoqlashadilar.
Sirli mijozlar safar hisobotiga avtomobil kuzovi va salonining suratlari va videolarini ilova qiladilar. Safar davomida qoidabuzarliklar kuzatilsa, ular surat orqali qayd etilib, izohda batafsil bayon qilinadi.
⚠️ Ushbu materiallardan faqat sifat nazorati va yordam xizmati xodimlari foydalanishi mumkin.
Maxfiy xaridorning safar haqidagi hisoboti sifat nazorati bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tekshiriladi. Ular hisobotning toʻgʻri toʻldirilganiga ishonch hosil qiladilar. Buning uchun ular sirli mijoz yuborgan barcha maʼlumotlarni xizmatning ichki tizimlaridagi maʼlumotlar bilan solishtiradilar.
Tekshiruvdan keyin nima boʻladi
Hisobotning toʻgʻriligi tasdiqlanganidan keyin Yandex Pro chatida sirli mijoz tarafidan oʻtkazilgan tekshiruv haqidagi bildirishnomani olasiz. Bildirishnomada toʻliq hisobot havolasi ham yuboriladi — unda tafsilotlarni koʻrishingiz mumkin.
Tekshiruv qoidabuzarliklarsiz oʻtgan boʻlsa, sizga minnatdorchilik xabari va bir haftaga moʻljallangan qoʻshimcha 2 ustuvorlik balli yuboramiz. Ustuvorlik buyurtmalar olishga taʼsir qiladi. Qoidabuzarliklar kuzatilgan boʻlsa, ularning jiddiyligiga qarab sizga nisbatan quyidagilar qoʻllanishi mumkin:
Ogohlantirish
Hisobotdagi har bir qoidabuzarlik uchun 2 haftaga ustuvorlikning -2 ballga pasayishi (koʻpi bilan -8 ball)
Tekshiruv oʻtkazilgan safar tarifi, shuningdek, yuqoriroq tariflarda buyurtmalar olish imkonidan mahrum boʻlish.
Foydalanish imkonini qaytadan test va videosuhbatdan muvaffaqiyatli oʻtish orqali qaytarib olish mumkin. Test orqali tarifga qaytish imkoni yarim yil ichida uch martadan koʻp berilmaydi. To‘rtinchi marta tarifdan foydalanish imkonidan mahrum boʻlsangiz, faqat olti oydan keyin qayta urinib koʻrishingiz mumkin. Xuddi shu qoidalar reyting tufayli cheklov kiritilganida ham amal qiladi. Barcha urinishlardan foydalanib boʻlsangiz, biz bu haqida Yandex Pro chatida xabar beramiz.
⚠️ Muhim: agar safar hisobotida 5 yoki undan ortiq qoidabuzarliklar bo‘lsa, bu qoidabuzarliklar uchun ogohlantirish berilishi koʻzda tutilgan boʻlsa ham, tarifda buyurtmalar olish imkonidan mahrum boʻlishingiz mumkin.
Sirli mijoz standartlarning buzilishini aniqlasa, ammo oxirgi 400 ta safar davomida reytingingiz 5.0 boʻlgan yoki sirli mijozlar tomonidan oxirgi ikkita tekshiruvda qoidabuzarlik aniqlanmagan boʻlsa, tarifda buyurtmalar olish imkoningiz cheklanmaydi. Biroq bu yarim yilda faqat bir marta boʻlishi mumkin. Hisobotdagi qoidabuzarliklar tahlilidan soʻng siz bilan bogʻlanib, tekshiruv natijalarini muhokama qilishimiz mumkin. Biz barcha kamchiliklarni batafsil koʻrib chiqib, ularni tuzatishingizga yordam beramiz.
Tarifdan foydalanish imkonini qanday qaytarish mumkin
Yandex Pro profiliga kiring → tariflarni oching → keraklisini tanlang → oʻquv kursini koʻring, testdan oʻting va videosuhbatga yoziling. Tayinlangan vaqtda xodimimiz siz bilan bogʻlanadi. Test va videosuhbatdan muvaffaqiyatli oʻtilganidan soʻng tarifdan foydalanish imkoni tiklanadi.
Qoidabuzarlik sodir etilmagan va kirish imkoni adolatsiz tarzda cheklangan deb hisoblasangiz, yordam xizmatiga yozing. Biz sirli mijoz hisobotini yana bir bor tekshirib, uni qoidabuzarlik holatini tasdiqlash yoki rad etishga yordam beradigan safar suratlari va videolari bilan solishtiramiz. Biz sirli mijoz maxfiyligini muhofaza qilish uchun bu materiallarni chop etmaymiz va haydovchilarga bermaymiz.
Sirli mijoz qoidabuzarlikni qayd etishda xato qilgan boʻlsa, biz cheklovlarni olib tashlaymiz va sizga 10 kun davomida amal qiladigan 2 ustuvorlik balli uchun promokod yuboramiz. Agar ushbu tekshiruv natijasida tarifdagi safarlarga kirishingiz bloklansa, biz sizga qo‘shimcha ravishda pasaytirilgan xizmat komissiyasi bilan sutkalik promokodni taqdim etamiz. U faollashtirilganida xizmat komissiyasi 1 сўм teng boʻladi.