Yoʻriqnoma: yuqori tariflarda haydovchi profili uchun qanday suratga tushish kerak
Oxirgi yangilanish
12 Aug 2024
Rasmni oʻzingiz olishingiz uchun quyidagi yoʻriqnomadan foydalaning yoki sizni rasmga oluvchiga uni koʻrsating.
Toshkentda siz bu yerda yuzma-yuz tekshiruvdan o'tishingiz mumkin — belgilangan vaqtda keling:
Milliy taksi
Chilonzor tumani, 10-kvartal, 10
Moʻljal: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi, Evos.
Ish tartibi: Dushanba-Juma 9:00 — 18:00.
Murojaat uchun telefon: +998712006606
Ipak taksi
Yakkasaroy tumani, Oʻrikzor koʻchasi, 157.
Ish tartibi: Dushanba-Juma 9:00 — 18:00.
Murojaat uchun telefon: 712000606
Like
Manzil: Toshkent, Yangi Sergeli 1/1
Ish tartibi: Dushanba-Juma 9:00 — 18:00.
Kontaktlar: +998 71 290 91 91
Unique
Manzil: Toshkent, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko'chasi, 10B
Ish tartibi: Dushanba-Juma 9:00 — 18:00.
Kontaktlar: +998 78 113 76 66
Makro
Maznil: Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 42 (Orientir: Kapital bank)
Ish tartibi: Dushanba-Juma 9:00 — 18:00.
Kontaktlar: +998 91 779 55 66
Super
Manzil: Toshkent, Yakkasaroy tumani, koʻch. Shota Rustaveli, 132
Ish tartibi: Dushanba-Juma 9:00 — 18:00.
Kontaktlar: +998 77 284 77 55
Qulay
Manzil: Toshkent, Olmazor tumani, ko'ch. Nurafshon, 47A
Ish tartibi: Dushanba-Juma 9:00 — 18:00.
Kontaktlar: +998 95 633 17 07
Dress-kod talablarini unutmang: suratda tarif standartlarida talab qilinganidek kiyinishingiz va koʻrinishingiz kerak.
Rasm bir tusli kulrang yoki oq fonda gorizontal holatda boʻlishi kerak. Yuzga bir xilda yorugʻlik tushgan boʻlsin.
Rasmda dress-kod majburiy.
Rasmda koʻylak tugmalarining hammasi — yoqadagi tugma ham taqilgan boʻlishi kerak.
Rasmning 80% qismini haydovchi egallashi kerak. Rasm markazida turing, kadrga toʻgʻri qarang (yuz toʻgʻri rakursda, bosh burilmagan va egilmagan holda boʻlishi kerak).
Yuz ifodasi xotirjam, zoʻriqmagan, tabiiy mimika.
Koʻkrakkacha surat (byust).
Uzun sochlarni tartibli soch turmagiga jamlang: bezaklarsiz, yigʻilgan yoki bir tutam qilingan.
Rasm formati: jpeg
Rasm oʻlchami: 1920×1080 piksel
Rakurs: toʻgʻridan
Keyin rasmni qanday qilib telefonga yuklash mumkin?
Sizga jpeg faylni istalgan qulay usulda yuborishlarini soʻrang:
Istalgan messenger xabari orqali, masalan: WhatsApp, Telegram, Viber.
USB-kabel orqali kompyuterdan telefonga.
Pochtangizga ilova qilish orqali (agar elektron pochtadan foydalansangiz)
Kompyuter yordamida telefoningizda suratni yuklab olishingiz uchun fleshkaga uni tashlab berishlarini soʻrang.
Rasmni olganingizdan keyin Yandex Pro profilga kirish va rasm uchun ikonkasini bosishingiz kerak. Yandex Pro sizga selfi tushishni taklif qiladi. Ekranning chap qismida tayyor rasmni fayllardan yuklash uchun tugma boʻladi. Uni bosing va rasmni yuklang: