Yetkazib berishda aniqlik
Oxirgi yangilanish
1 Feb 2024
Termosumka — ekipirovkangizning eng muhim qismi. Usiz buyurtmalarni yaxshi va issiq yoki sovuq holatini saqlagan holatda yetkazib bo‘lmaydi.
Buyurtmani joylashtirish
Termosumkaning hajmi unda bir vaqtning o‘zida taomlar solingan konteynerlar yoki qutilar hamda ichimlik solingan stakanlarni yetkazish uchun yetarlidir. Asosiysi — ichimlik solingan stakanlarni to‘kib yubormaslik va ezib qo‘ymaslik uchun ularni to‘g‘ri qo‘yish va eng mo‘rt taomlarni (masalan, kartoshka fri solingan paketlar) yuqorida va imkoni boricha bir-birini ustiga qo‘ymaslik, mijoz erigan muzqaymoq yoki sovib qolgan pitstsa olmasligi uchun esa — maxsus folgalangan to‘siqdan foydalanish va qopqoq klapanini yopishqoq qog‘oz bilan yopish zarur.
Buyurtmani qadoqlashning eng muhim qoidalaridan biri — unga sizning shaxsiy buyumlaringizning qo‘shilib qolmasligi.
Shuning uchun biz termosumkada maxsus yon cho‘ntaklarni ko‘zda tutganmiz — ularning ikkalasi ham molniya bilan berkitilib, suvli butilka va telefon, hujjatlar va muhim mayda buyumlar uchundir.
Kiyim va termosumkaga qanday g‘amxo‘rlik qilish kerak
Hattoki siz buyurtmalarni tezlik bilan yetkazib bergan hollarda ham mijozlar epikirovkangizni ko‘rish va uning holatini baholashga ulguradilar. Agar termosumka kir, ezilgan, stikerlar bilan qoplangan va tartibsiz yopilgan bo‘lsa, mijozlar buyurtma sifatiga shubha qilishlari va yetkazishdan shikoyat qilishlari mumkin.
Yana bunday termosumka epikirovka fotonazorati vaqtida muammolarni yuzaga keltiradi va yetkazishlarga bemalol kirishishingizga imkon bermaydi.
Agar uni yaxshi ko‘rinishga keltirishning imkoni bo‘lmasa, kuryerlik markazida yoki buyurtmalarni berish shoxobchasida yangisini oling.
Xizmat standartlariga rioya qilish, yetkazish paytida ozoda ko‘rinish va choy puli olish imkoniyatini oshirish uchun siz firma kiyimlar va termosumkangizning tozaligini ta’minlashingiz kerak.