«Yangi taklif qilish» dasturi
Oxirgi yangilanish
18 Dec 2024
Yangi foydalanuvchilarni taklif qilganingiz uchun pulli bonus olishingiz mumkin! Yandex Eats orqali yetkazmalarda daromadni qanday oshirish haqida boshqalarga so‘zlab bering. Bular guruhdoshlar, do‘stlar, qarindoshlar va hatto yetkazib berishga qiziqish bildirgan notanish odamlar bo‘lishi ham mumkin.
Yandex xizmatlari bilan qachonlardir hamkorlik qilgan, biroq oxirgi buyurtmasini 30 kun avval bajarganlarni ham yangi deb atash mumkin.
Agar siz yangi kuryerni taklif qilsangiz va u sizning havolangiz orqali ro‘yxatdan o‘tishda harakatlanish usulini «Mashinada» ko‘rsatsa, yoki keyinchalik, kuryerlik markazida yoki onlayn faollashtirishda «Mashinada» usulini tanlasa — Yandex Pro’da bonus miqdori avtomobil uchun qo‘shimcha ustama bilan birga ko‘rsatiladi.
Yangi kuryerni qanday taklif qilish kerak?
Yandex Pro ilovasida «Yangi taklif qilish» bo'limini oching, «Taklif qilish» tugmasini bosing va yangi kuryer ro‘yxatdan o‘tishi uchun havolangizni yuboring (quyida qarang).
Yangi kuryeringiz birinchi buyurtmasidan bir kun o'tib «Yangi taklif qilish» bo'limida paydo bo'ladi.
Taklif haqiqiy hisoblanishi va siz pulli bonus olishingiz uchun:
Yangi foydalanuvchi havolangizni olganidan keyin, u orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonidan o‘tishi kerak, barcha ma’lumotlarni ko‘rsatishi va ruxsat berishi kerak.
Taklif etilgan shaxsning ro‘yxatdan o‘tishi va uning aktivatsiyasi o‘rtasida xizmatda 4 soatdan ko‘proq vaqt o‘tishi kerak. Bu bonus olish uchun muhim — shu tariqa biz barcha shartlarga rioya qilinganini bilamiz.
Yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tganidan keyin 7 kun davomida aktivatsiya qilinishi lozim. 7 kundan keyin uni qayta taklif qilishingiz mumkin. Muhim: bonus kelishi uchun taklif etilgan shaxs aynan sizning havolangiz orqali ro‘yxatdan o‘tishi shart.
Yangi foydalanuvchi Yandex xizmatlari bilan birinchi marta hamkorlik qilayotgan bo‘lishi kerak yoki uning oxirgi buyurtmasidan 30 kun o‘tgan bo‘lishi kerak.
Taklif qilish va bonus olish vaqtida siz 3 kunda hech bo‘lmaganda 1 marta yetkazib berishga chiqishingiz kerak. Aks holda har qanday hisob-kitob avtomatik tarzda to‘xtatiladi.
Bonus haqida batafsil
Yandex Pro xizmatidagi «Yangi taklif qilish» bo‘limida muayyan shahardagi mukofot summasini ko‘rish mumkin. Siz yangi foydalanuvchi xizmatda faollashtirilganida uning shahrida aktual bo‘lgan summani olasiz.
🟢 Yana bir imkoniyat, siz doʻstlaringiz va tanishlaringizni avtomobilda yetkazib berishga taklif qilishingiz mumkin. Avtokuryerlarni taklif qilish uchun bonus yuqoriroq. Yandex Proda standart summa koʻrsatiladi, lekin yangi kuryer roʻyxatdan oʻtayotganda yoki faollashtirganda harakatlanish usulini «Mashinada» deb tanlasa, bu summa oshadi.
Bonus yangi kuryer servisda faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun ichida bajaradigan yetkazmalar uchun qismlarga bo‘lib tushadi. Bekor qilingan buyurtmalar hisobga olinmaydi.
Yandex Proda buyurtmalar bo‘yicha maqsad ko‘rsatilgan. U uch qismga bo‘lingan. Bonus ham uch qismda keladi:
• maqsadning birinchi qismini bajarganlik uchun bonusning 10%
• keyin ikkinchi qism uchun 40%
• va uchinchi qism uchun 50%.
✅ Yangi kuryer birinchi 30 kun ichida qancha ko'p buyurtma yetkazib bersa, bonus shuncha katta bo'ladi. Bekor qilingan buyurtmalar hisobga olinmaydi.
Bonus yangi foydalanuvchi kerakli miqdordagi buyurtmalarni bajargan hisob-kitob davri uchun kelib tushadi. Agar mukofot puli kelmasa, sizga yordam berishlari uchun albatta Yandex Pro yordam xizmatiga murojaat qiling. Bu ishni yangi foydalanuvchi buyurtmani bajarganidan keyin 25 kun ichida amalga oshirish lozim.