Mototsiklda buyurtmalarni bajarish talablari
Oxirgi yangilanish 19 Sep 2025
2025-yil 1-oktabrdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq mototsikllar bo‘yicha yangi talablar kuchga kiradi.
Mototsikl boshqarish uchun quyidagilar bo‘lishi shart:
A toifadagi haydovchilik guvohnomasi
transport vositasining ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi guvohnoma yoki texpasport
motoshlem.
Shuningdek, tun qorong‘usida harakatlanish uchun yorug‘lik qaytaruvchi jilet tavsiya etiladi.
Har bir band bo‘yicha batafsil.
A toifa guvohnomasi
2025-yil 1-oktabrdan quyidagilarni boshqarganingizda A toifadagi guvohnoma majburiy:
dvigateli 25–50 sm³ hajmli moped yoki skuter
dvigatel quvvati 0,25–4 kVt va maksimal tezligi 25–50 km/soat bo‘lgan elektro-skuter.
A toifa uchun o‘qishni qayerda o‘tash mumkin
Tanlagan avtomaktabangizda.
Ro‘yxatdan o‘tkazish
Agar mototsikl ijaraga olingan bo‘lsa, YHXX xizmatiga murojaat qiling — sizdan nima talab qilinishi haqida u yerda tushuntirishadi.
Agar mototsikl o‘zingizniki bo‘lsa:
K`erakli hujjatlarni to‘plang va moped yoki skuterni IIV JXD YHXX Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazing.
Ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat raqamini olish uchun arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida onlayn topshirish ham mumkin.
Texnik holatini tekshirtirish uchun mopedni YHXX xizmatiga taqdim eting.
Davlat bojini to‘lang.
Avtomaktabsiz A toifani kim olishi mumkin
Agar sizda allaqachon B toifa va avtomobil boshqarish tajribangiz bo‘lsa, avtomaktabda o‘qimasdan imtihon topshirishingiz mumkin.
Shuningdek, B toifani olayotganda ikki amaliy imtihonni birga topshirib, B va A toifalarni birgalikda olish mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti yoki ID-karta yoki boshqa hujjat)
vakilga taqdim etilgan ishonchnoma
A toifadagi haydovchilik guvohnomasi
texnik tavsiflari aks ettirilgan ishlab chiqaruvchi/distribyutor/dilerlik tomonidan berilgan hujjat
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat yoki yoki xarid qilinganligini tasdiqlovchi hujjat
ro‘yxat xizmatlari uchun to‘lov kvitansiyasi (raqam berish, texpasport rasmiylashtirish va ro‘yxatga qo‘yish).
Talablar bajarilmasa nima bo‘ladi
Yangi talablar kuchga kirgach, hujjatlar tekshiruvida YHXX jarima qo‘llashi mumkin.