Reyting nima
Oxirgi yangilanish
30 Aug 2024
Reyting — bu foydalanuvchilar xizmatlaringizga beradigan baho. Ular 1 dan 5 gacha baho beradi, shundan soʻng oʻrtacha ball quyida koʻrib chiqiladigan formula yordamida hisoblanadi.
Buyurtma qabul qilish imkoniyati reytingga bogʻliq. Biz foydalanuvchilarning servis sifatidan qoniqishini istaymiz, shuning uchun yuqori reytingga ega kuryerlar qoʻshimcha ustuvorlik ballari va koʻproq buyurtmaga ega boʻladi.
Reyting qanday hisoblanadi?
Reyting oxirgi 150 ta baho asosida tuziladi. Baho qancha yangi boʻlsa, u reytingga shuncha taʼsir qiladi.
Agar oxirgi baho past boʻlsa, reytingni tuzatish mumkin — buning uchun koʻp buyurtma bajarish va ular uchun yuqori baho olish kerak.
Reyting kuniga bir marta yangilanadi.
Hisoblash formulasi haqida batafsil maʼlumot
Shunday qilib, oxirgi 150 ta baho hisobga olinadi.
Aytaylik, oxirgi baho 4 ball, oxirgidan oldingisi — 3 ball, oldingisi — 5 ball, undan oldingisi — 2 ball, oldingi 146 ta bahoning har biri 5 ball boʻldi. Har bir ballga 1 dan 150 gacha raqam beriladi:
Номер | Оценка |
---|---|
1 | 5 |
2 | 5 |
... | ... |
146 | 5 |
147 | 2 |
148 | 5 |
149 | 3 |
150 | 4 |
Ushbu holatda reytingni hisoblash formulasi quyidagicha koʻrinadi:
Reytingni qanday kuzatish mumkin
Reyting bilan profilda tanishish mumkin. Buning uchun Yandex Pro ilovasining asosiy ekranida ekranning yuqori oʻng burchagidagi tugmani bosing. Ismingiz ostida, oʻng tomonda reytingni koʻrasiz.
Agar reyting pasayishni boshlasa, Yandex Pro ilovasiga bildirishnoma yuboriladi.
Nega reyting pasayadi?
Foydalanuvchilar kuryer tomonidan buyurtmalarning bajarilishidan norozi boʻlsa, reyting pasayadi. Masalan, u:
«Eshikdan eshikkacha» talabiga ega buyurtmalarda joʻnatmani eshik oldigacha yetkazmagan va foydalanuvchining oʻzi kuryerning oldiga borishiga toʻgʻri kelgan boʻlsa;
kutilganidan oldinroq «Belgilangan joyda», «Joʻnatma olindi», «Joʻnatma topshirildi» holatini yoqqan boʻlsa;
foydalanuvchining qoʻngʻiroqlariga javob bermagan boʻlsa;
buyurtmani uzoq vaqtda yetkazgan boʻlsa;
qoʻpollik qilgan boʻlsa.
Reytingni qanday oshirish mumkin?
Qoidaga koʻra, kuryer buyurtmani oʻz vaqtida yetkazganida, xushmuomala boʻlganida va izohlardagi talab va istaklarni bajarganida, foydalanuvchilar yaxshi baho qoʻyishadi.
Yuqori ball olish uchun nima qilish kerakligi haqida bir nechta maslahat bilan tanishing:
Salomlashish va xayrlashishni unutmang.
Foydalanuvchilarga «siz» deb murojaat qiling.
Tabassum qiling — kayfiyatingiz ham umumiy taassurotga taʼsir qiladi.
Buyurtmalardagi izohlarni oʻqing va ularga rioya qiling. Agar «Eshik qo‘ng‘irog‘ini bosmang» deyilgan boʻlsa, taqillating: xonadonda bola uxlayotgan boʻlishi va qo‘ng‘iroq uni uyg‘otib yuborishi mumkin.
Qaytim uchun yoningizda naqd pul saqlang.
Telefoningiz quvvati tugamaganiga eʼtiborli boʻling.
Tartibli kiyining — sport kiyimlari yoki plyaj kiyimlarini kiymang.
Suhbat boshlamasligingiz yoki buyurtma bilan bogʻliq boʻlmagan narsaga izoh bermasligingiz kerak. Shunday qilib siz vaqt yoʻqotmaysiz va tasodifiy nizolardan qochasiz.
Mijozdan sizga yuqori baho qoʻyishini soʻramang. Agar hamma narsani toʻgʻri bajargan boʻlsangiz, katta ehtimol bilan mijozning oʻzi baho qoʻyishni istaydi.
Buyurtmalar qabul qilish imkoniyatni yoʻqotmaslik uchun qanday reytingga ega boʻlish kerak?
Kuryerlar reytingi 4.7 dan 5 gacha boʻlganda buyurtmalar oladi. Agar reyting 4.7 dan pastga tushsa, buyurtmalarni qabul qilish imkoniyati cheklanadi va kuryer uchun tarif oʻchiriladi.
Agar past reyting sababli servisdan foydalanish imkoniyati cheklangan boʻlsa, unda buyurtmalarni qabul qilishni davom ettirish uchun tarifni qayta yoqish kerak. Buning uchun:
Yandex Pro profilingizda «Tariflar» rukniga oʻting va oʻtkazgichni kerakli tarifga oʻtkazing;
treningni tomosha qiling;
testdan oʻting.
Agar testdan muvaffaqiyatli oʻtsangiz, 6 oyga vaqtinchalik foydalanish imkoniyati ochiladi. Bu vaqt ichida 150 ta buyurtma bajarish va reytingni 4.75 ga koʻtarish kerak.
Agar bu vaqt ichida reyting pasayishda davom etsa va 4.6 dan pastga tushsa, buyurtmalarni qabul qilish uchun berilgan vaqtinchalik imkoniyat yana cheklanadi. Bu imkoniyatni olti oydan keyin tiklash mumkin.
Agar testdan oʻta olmagan boʻlsangiz, buyurtmalarni qabul qilish imkoniyati olti oyga yopiladi.