Buyurtmaga toʻlash usulini tanlash
Oxirgi yangilanish
1 Dec 2023
Baʼzan liniyada darhol naqd pul zarur boʻladigan holatlar kuzatiladi, baʼzida esa qaytim qidirib chalgʻimaslik uchun toʻlovni Yandex Pro balansiga qabul qilish qulayroqdir.
Buyurtmalarni taqsimlash tizimimiz yangi buyurtmani avtomatik saralaydi, ammo sutkada uch marta Yandex Pro taklif etadigan keyingi buyurtmaning qanday boʻlishini oʻzingiz tanlashingiz mumkin. Masalan, faqat naqd pul yoki aksincha, karta orqali toʻlov.
Toʻlov usuli qayerda tanlanadi?
Yandex Prodagi oʻz profilingizga kiring — buning uchun bosh ekranning yuqori oʻng burchagida joylashgan miqdor aks etgan tugmani bosing. Ozgina pastga varaqlasangiz, balansning tagida joriy toʻlov usulini topasiz.
Keyingi buyurtmaga boshqa usulda toʻlanishini istasangiz, joriy toʻlov usulining ustiga bosing.
Toʻlov usulini har doim almashtirish mumkin emas — bunday holatda ekranda ogohtlantirish aks etadi.
Yandex Pro quyidagi holatlarda toʻlov usulini almashtirmaydi:
siz yuqori talab hududida boʻlsangiz,
uni sutkada uch marta almashtirgan boʻlsangiz,
balansingizda pul yetarli emas va u xizmat komissiyani toʻlashga kamlik qiladi.
Toʻlov usuli safar narxiga, Yandex.Taxi komissiyasining hajmiga yoki buyurtmalarning taqsimlanishiga taʼsir qilmaydi. Agar yoʻlovchi safar paytida toʻlov usulini almashtirgan boʻlsa, keyingi buyurtmani tizim sizning shartlaringiz asosida qidiradi.