Yandex Pro orqali qanday yonilgʻi quyiladi
Oxirgi yangilanish 31 Jul 2025
Ayrim AYOQSHlarda Yandex Pro orqali qulay tarzda yonilgʻi quyish mumkin*. Xizmatga ulangan barcha AYOQSHlar ilova xaritasida aks etadi.
Yonilgʻi quyish uchun mavjud balans, sodiqlik kartalari va joriy aksiyalar haqida maʼlumot olish uchun profilingizdagi «Yandex Zapravki» boʻlimiga kiring.
Bu qanday ishlaydi?
Agar sizda faol buyurtma boʻlmasa, mavjud AYOQSHlar bevosita Yandex Pro bosh ekranidagi xaritada koʻrinadi.
Xaritadan oʻzingizga mos AYOQSHni bosing. Zarur holatda unga olib boradigan yoʻnalish tuzish mumkin.
AYOQSHda kolonka va yonilgʻi turinu tanlang.
Sarflamoqchi boʻlgan litr va summangizni tanlang. Ilovada kolonka raqamini toʻgʻri kiritganingizni va kerakli turdagi yonilgʻi shlangini tanlaganingizni tekshiring. «Toʻlash» tugmasini bosing.
Taksoparklari shunday imkoniyatni qoʻshgan haydovchilar Yandex Pro orqali yonilgʻi quya oladilar. Sizda agar bunday funksiya boʻlmasa, taksoparkdan uni yoqishni soʻrang.
*Mazkur funksiya Yandex Zapravki xizmati tomonidan hech qanday qoʻshimcha toʻlovlarsiz taqdim etiladi.
Bu qanday ishlaydi
Siz AYOQSHgacha mustaqil yoki ilova orqali yaratilgan marshrut boʻyicha borishingiz mumkin. AYOQSHga yetib borgach, kerakli joyda ekaningizni tekshiring va quyidagi koʻrsatmaga amal qiling.
Yuklanishini kuting va toʻlov oʻtganiga ishonch hosil qiling.
Endi siz yonilgʻini mustaqil yoki kolonka operatori orqali quya olasiz.
Yonilgʻi quyib boʻlingach, ekranda jami summa va quyilgan yonilgʻi hajmi haqidagi maʼlumot chiqariladi. Mazkur axborot «Yandex Zapravki» boʻlimida ham saqlanadi, jami summa esa balansingizda aks etadi.
Qanday qilib bakni toʻldirib yonilgʻi quyish mumkin
Avtomobilingiz uchun toʻla bak hajmini belgilashingiz mumkin. U saqlanadi va siz har safar yonilgʻi quyganda bakni toʻldirib quyish tanlamasidan foydalanishingiz mumkin boʻladi.
Buning uchun quyidagi koʻrsatmalarga amal qiling:
Yonilgʻi hajmini koʻrsatgach, «Toʻla bak» tugmasini bosing.
Toʻla bak hajmini tanlang va «Tayyor» tugmasini bosing.
Bakni toʻldirib yonilgʻi quyilganda, balansingizda zarur summa muzlatiladi. Agar quyilgan yonilgʻi hajmi kamroq boʻlsa, farqi balansga qaytariladi.