Yoʻlovchi safarga qanday haq toʻlaydi?
Oxirgi yangilanish
1 Dec 2023
Naqd pul, karta, promo-kod yordamida yoki korporativ kartadan — foydalanuvchilar safarga qanday haq toʻlashi va har bitta holatni nimalarga eʼtibor berishingiz kerakligi haqida soʻzlab beramiz.
Naqd pul
Bu usulning afzalligi maʼlum: pulni safardan keyin darhol olasiz.
Kamchiligi shundaki, koʻp hollarda qaytim berish zarurati mavjud. Bu esa liniyaga chiqishdan oldin pullarni oldindan maydalab olishni taqozo qiladi.
Naqd pul yetishiga ishonchingiz komil boʻlmasa, mashina yetkazilishidan oldin yoʻlovchidan qaysi kupyuradan qaytim kerakligini aniqlab oling — buning uchun chatda yozish yoki telefon qilish mumkin.
Bank kartasi
Karta bilan toʻlash uchun yoʻlovchi oʻzining Yandex.Taxi ilovasida uning raqamini ulaydi.
Safar yakunida «Safarni tugatish» tugmasini bossangiz, buyurtmaning aniq summasi va toʻlov naqdsiz shaklda ekanligi haqida eslatma aks etadi. Bu esa sizning yoʻlovchidan pul olmasligingizni anglatadi.
Naqdsiz buyurtmalar uchun pul sizning Yandex Pro balansingizga tezda emas, balki uch-besh ish kunida kelib tushadi — xarajatlarni rejalashtirayotganda buni hisobga oling. Biz pulni taksoparkka, taksopark sizga oʻtkazgani tufayli bu jarayonga biroz vaqt ketadi.
Yandex Pro balansidagi pulni taksopark komissiyasi, avtomobil ijarasi yoki yonilgʻi quyish uchun (ayrim zapravkalarda) ishlatish mumkin. Balansni «Daromad» boʻlimida kuzatish mumkin: unda har bitta buyurtmaning tafsilotlari aks etadi.
Safar paytidayoq yoʻlovchi toʻlov usulini almashtirishi mumkin. Agar u naqdsiz toʻlovni tanlagan boʻlsa, tizim buyurtmaga toʻlovni amalga oshirish uchun uning kartasida yetarli miqdorda pul borligini tekshiradi. Pul yetarli boʻlmasa, toʻlov usuli naqd pulga almashadi. Toʻlov usulining har qanday oʻzgarishida bu haqda Yandex Pro orqali bildirishnoma olasiz.
Chegirma uchun promo-kod yoki kupon
Xizmat buyurtmalar sonini oshirish uchun Yandex.Taxi aksiyalar tashkillashtirib, potensial yoʻlovchilarga buyurtmalar uchun chegirmalar taklif etadi. Safar muvaffaqiyatli oʻtsa, «yangi mijozlar» yana taksi buyurtiradilar, ammo bu gal safar butun narxda amal oshadi.
Promo-kodli buyurtmalarda siz odatda hech narsa yoʻqotmaysiz — foydalanuvchi kamroq toʻlagan bilan chegirma Yandex Pro balansingizga qoplab beriladi. Summani yakuniy manzilga kelib, «Safarni tugatish”ni bosganda koʻrasiz. Promo-kodli buyurtmaga naqd pul va karta bilan toʻlash mumkin — hammasi aksiya shartlariga bogʻliq.