Barcha safarlar YTHdan sugʻurtalangan
Oxirgi yangilanish
13 Apr 2023
Yandex Go bilan barcha safarlarni yanada xavfsizroq qilishga intilamiz, ammo qandaydir hodisa yuz bergan taqdirda ham siz va yoʻlovchilar uchun bepul sugʻurta amal qiladi.
YTHdan sugʻurta qanday amal qiladi
Sugʻurta bepul boʻlib, siz Oʻzbekistonda Yandex Pro xizmati orqali amalga oshiradigan barcha buyurtmalar uchun avtomatik tarzda amal qiladi. Haydovchi va avariya vaqtida salonda boʻlgan barcha yoʻlovchilarning hayoti va salomatligi sugʻurtalangan. Sugʻurta avtomobil shikastlanishlarini qoplamaydi.
Sugʻurta «Yoʻlda» tugmasini bosishingiz bilan amal qila boshlaydi va safar tugaganidan soʻng — «Yakunlash» tugmasini bosganingizda toʻxtaydi. Agar yoʻlovchi safarni bekor qilsa, sugʻurta amal qilishdan toʻxtaydi. Siz qayergadir oʻz ishlaringiz bilan, buyurtmasiz ketayotgan boʻlsangiz, sugʻurta amal qilmaydi.
Qachon sugʻurta toʻlovini olish imkonsiz
Haydovchi yoʻl harakati qoidasini qoʻpol ravishda buzgan boʻlsa. Masalan, qizil chiroqda oʻtgan, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqqan, YTH sodir boʻlgan joydan qochgan boʻlsa.
Haydovchi yuz bergan hodisadan soʻng 8 soat ichida alkogol yoki narkotik modda taʼsiridagi mastlikni tekshiruvchi tibbiy ekspertizadan oʻtmagan boʻlsa.
Haydovchi safarni ilova yoki Yandex Go rasmiy sayti orqali berilgan buyurtmasiz amalga oshirgan boʻlsa. Safar aslida amalga oshirilgan, ammo yoʻlovchi uni ilovada bekor qilgan boʻlsa.
Sugʻurta toʻlovi qancha
Maksimal sugʻurta toʻlovi — 101,8 mln soʻm. Ammo har bir alohida vaziyatda yakuniy summani sugʻurta kompaniyasi oʻz qoidalariga asosan belgilaydi. Toʻlov miqdori haydovchi YTHda qanday jarohat olganiga bogʻliq boʻladi.
Sugʻurta holati boʻyicha toʻlovni olish
YTH yuz bergan joyda
102 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, yuz bergan hodisa haqida xabar bering.
YHXB va tez yordam xodimlari kelishini kuting.
Siz uchragan YTHni koʻrib chiqiladigan joy va vaqtni YHXB xodimidan bilib oling.
Nozirdan YTH haqidagi hujjatni oling, unda siz jabrlanuvchi sifatida koʻrsatilgan boʻlishingiz kerak.
Hodisa haqida tegishli organlarga (YHXB, OQB, IIB va boshqalar) xabar berish hodisa joyida protokol yoki maʼmuriy bayonnoma va sugʻurta holati kuchga kiradigan vaqt va joyni qayd qilish imkonini beruvchi boshqa hujjatlarni tuzish uchun zarur.
YTHdan keyin
Jarohatlanganingiz haqida maʼlumotnoma olish uchun travmpunkt yoki poliklinikaga murojaat qiling.
YTHni koʻrib chiqishda ishtirok eting va maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish boʻyicha rasmiy qarorni oling.
Yordam xizmatimizga yozing. Biz sizga maslahatlar beramiz va kontaktlaringizni sugʻurta kompaniyasiga yuboramiz.
Sugʻurta kompaniyasi xodimlari siz bilab bogʻlanib, tovon pulini olishingiz uchun kerak boʻladigan hujjatlarning aniq roʻyxatini berishadi.
Agar hodisa sugʻurtalangan deb topilsa, sugʻurta kompaniyasi 10 ish kuni ichida toʻlovni amalga oshiradi.