«Shaxsni tekshirish» qanday ishlaydi
Oxirgi yangilanish
12 Sep 2022
Bu — fotosurat yordamida qoʻshimcha identifikatsiya.
Tekshiruv hisobingizni himoyalash va buyurtmalarni aynan siz bajarayotganingizga ishonch hosil qilishga imkon beradi.
Biz ilovadagi hisobingizni sizdan boshqa hech kim ishlatmasligiga ishonch hosil qilish uchun baʼzan sizdan suratingizni yuborishni soʻraymiz.
Bu qanday ishlaydi
«Shaxsni identifikatsiya qilish» rukni «Diagnostika”da joylashgan.
Uni ochganingizda yoʻriqnomali ekranlar paydo bo'ladi.
Birinchi tekshiruvda sizni identifikatsiya qilishimiz uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat fotosuratini yuklashingiz kerak boʻladi.
Keyin suratga olish rejimi yoqiladi — ovalga qarab, suratga tushish kerak boʻladi.
Mashinani doim bitta odam boshqarishiga ishonch hosil qilish uchun suratingiz maxsus algoritm yordamida avvalgisi bilan solishtiriladi.
Suratlar bir-biriga mos kelsa, buyurtmalarni bajarishda davom etishingiz mumkin. Agar u mos kelmasa yoki sifatsiz boʻlsa, algoritm qabul qilmagunicha suratni qaytadan olishingiz kerak boʻladi. Shunday keyin buyurtmalarga kirish imkoniga ega boʻlasiz. Urinishlar soni chegaralanmagan.
Qanday qilib sifatli fotosurat olish mumkin
Kadrga yuzingiz yaxshi koʻrinishi kerak.
Koʻzlaringiz ochiq, yuzingizda xotirjamlik yoki tabassum boʻlishi kerak.
Agar koʻzoynak yoki bosh kiyimingiz boʻlsa, suratga olish vaqtida ularni yechib turganingiz maʼqul.
Kadrda shuʼlalar boʻlmasligi uchun bir tekis yoritilgan joyda suratga tushing.
Yuzingiz oval ichida ekaniga, kadrda esa begona shaxslar yoʻqligiga ishonch hosil qiling.
⏱ Surat qanchalik yaxshi boʻlsa, algoritm uni shunchalik tezroq tekshiradi. Odatda bunga bir daqiqadan kamroq vaqt ketadi, lekin surat sifatsiz chiqsa va uni qaytadan olishga toʻgʻri kelsa, koʻproq vaqt kerak boʻlishi mumkin.
Yandex Prodagi butun jarayon qanday ekanini koʻrish uchun rasmlarni chapga suring: