Xizmat shaxsiy maʼlumotlarni qanday himoyalaydi
Oxirgi yangilanish
24 Aug 2022
Haydovchi qaysi maʼlumotlarni uzatadi va ular xizmatga nima uchun kerak.
Maʼlumotlar maxfiyligi va xizmat xavfsizligi — Yandex Taxi uchun bosh ustuvorliklar. Yandex Pro xizmatida siz koʻrsatadigan har bir maʼlumot qonun va xavfsizlik standartlariga binoan himoyalangan.
Shaxsiy maʼlumotlar xodimlarning bevosita aralashuvisiz va kompaniya tartib-qoidalariga binoan qayta ishlanadi.
Sizdan muhim maʼlumotni yuborishni soʻrayotganimizni tushungan holda, uning xavfsizligiga jiddiy eʼtibor bilan qaraymiz — ular Yandex kompaniyasining himoyalangan serverlarida saqlanadi.
Shaxsiy maʼlumotlar xizmatga nima uchun kerak
Yandex Pro xizmatida buyurtmalar olish uchun haydovchi quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
Telefon raqami;
FIO;
haydovchilik guvohnomasining raqami;
Transport vositasining ro'yxatdan o'tganligi haqida guvohnoma maʼlumotlari;
pasport maʼlumotlari.
Biz bu aynan siz ekaningizni aniq bilish uchun mazkur maʼlumotlarni olamiz. Hisobingizni aniqlash uchun esa quyidagilarni soʻraymiz:
haydovchilik guvohnomasi — bu reyting va ustuvorlik dasturining darajasi ulangan unikal identifikator. Hatto taksoparkni almashtirganingizda ham bu maʼlumotlar saqlanadi;
telefon raqami — Yandex Pro xizmatida avtorizatsiyadan oʻtish va yordam xizmati xodimlari bilan bogʻlanish uchun (masalan, favqulodda holatda) talab etiladi.
Maʼlumotlarimni himoyalash uchun nimalar qila olaman?
Ehtiyot boʻling va maʼlumotlaringizni, ularni qaysi bahona bilan sizdan soʻrashlaridan qatʼi nazar, hech kimga ulashmang.
Haydovchilik guvohnomasi raqami oʻzgarsa nima qilish kerak?
Reyting va Faollikni tiklash uchun yordam xizmatiga murojaat qiling.