Buyurtmalar qanday taqsimlanadi
Oxirgi yangilanish
2 May 2023
Yandex Taxi tizimi buyurtmalarni haydovchilar orasida avtomatik tarzda taqsimlaydi.
Taqsimotga taksopark dispetchetlari ham, xizmat xodimlari ham hech qanday taʼsir koʻrsata olmaydi. Haydovchining koʻrsatkichlari ham inobatga olinmaydi.
Tizim tarifga mos va taqdim etish joyiga hammadan yaqin turgan, yaʼni yoʻlga 15 daqiqadan koʻp vaqt sarflamaydigan avtomobilni qidiradi.
Agar yoʻlovchi qandaydir qoʻshimcha talablarni bildirgan boʻlsa, taqsimlovchi robot ularni ham inobatga oladi. Masalan, yosh bola bilan safar uchun kreslo yoki changʻilarni tashish imkoniyati.
Haydovchilarning istaklari ham inobatga olinadi. Kuniga bir marta keyingi buyurtma qanday toʻlov turi bilan boʻlishini — naqd pulmi yoki kartadanmi — tanlash mumkin. Yandex Pro kuniga ikki marta oʻzingiz tanlaydigan nuqtalarga borishdagi yoʻl-yoʻlakay buyurtmalarni tanlashi mumkin. Masalan, smena oxirida sizni uyingiz tarafga olib keladi.
Buyurtmalar taqsimotida avtomobillar ham ustuvorlikka ega boʻlishi mumkin. Tarifga mos keladigan va yoʻlovchida deyarli bir xil masofada turgan bir juft mashinadan ustuvorligi yuqoriroq boʻlgani buyurtmani oladi.