Qanday qilib Yandex Pro hamkori boʻlish va bundan qancha foyda olish mumkin
Oxirgi yangilanish
20 Dec 2024
Tadbirkor tanishlaringizda yangi mijozlarni jalb qilish va promoaksiyalar orqali foydani oshirish imkoniyati bor.
Buning uchun oʻzining chegirmali takliflarini Yandex Pro («Pro bilan foyda» boʻlimi) ilovasiga yoki «Dispetcherlik» saytiga joylashi kerak.
Tovar va xizmatlarga koʻplab odamlar qiziqishi mumkin — Yandex Pro ilovasida bu oyiga 208 000 kishidan ortiq (shahar va mamlakatga qarab).
Yandex Pro hamkor-kompaniyalari uchun imkoniyatlar:
Haydovchilarning faol auditoriyasi orasidan yangi mijozlarni, hamkor-parklar xodimlarini jalb qilish.
Yangi mijozlar jalb qilish hisobiga sotuv hajmining ortishi.
Yandex Pro bilan hamkorlik va xizmatdagi eslatmalar hisobiga brendning mustahkamlanishi.
Oddiy joylashtirish — mamlakatga qarab, jarayon oʻrtacha 14 kun vaqt oladi.
Nima joylashtirishni tavsiya qilamiz
Haydovchilarni yonilgʻi, avtomobil taʼmirlash, avtoxizmatlar, ehtiyot qismlar va shinomontaj, shuningdek, yangi avtomobil xarid qilishda va avtomoykaga chegirmalar qiziqtirishi mumkin.
Taklif shartlari: u betakror boʻlishi kerak — faqat Yandex Pro bilan hamkorlikdagi haydovchilarga va ular uchun foydali — mutaxassislar baholab boradi. Aksiya kamida 6 oy davom etishi kerak.
Taklif qanday joylanadi
Buning uchun anketa toʻldirish kerak
Sizga kerak boʻladi:
● nom, taklifning qisqa mazmuni va uning batafsil tavsifi
● kompaniya saytida yoki ijtimoiy tarmogʻida taklifga havola
● foyda olish uchun koʻrsatiladigan yoki aytiladigan kodli soʻz yoki promokod
● oʻtkazilish vaqti
● bosiladigan tugma uchun imzo yozuv, uni bosish orqali havolaga kirish uchun
● maʼlumotlar uchun telefon — u taksoparklarga va haydovchilarga koʻrinadi
Yandex Pro hamkori boʻlish uchun tadbirkorga quyidagilar kerak:
Roʻyxatdan oʻtgan kompaniyaga ega boʻlishi.
Tashkilot blankasida kafolat xatini imzolash.
Taklif matnini tuzish uchun anketani (havola) toʻldirish (har biri ushun alohida).
Yandex Pro tomonidan mutaxassislar tanlovidan oʻtish.
Tanishlaringiz orasidagi tadbirkorlar va kompaniya vakillariga bu imkoniyat haqida ayting — biz yangi hamkorlar olishdan mamnun boʻlamiz!