Buyurtmalar kelmayapti — nima qilish kerak?
Oxirgi yangilanish
1 Dec 2023
Buyurtmalar kelmasligi mumkin boʻlgan barcha holatlar haqida soʻz yuritamiz. Va ularning har birida qanday yoʻl tutish kerakligini tushuntiramiz.
Tekshiruvlardan oʻtilmagan
Agar, deylik foto-nazoratdan oʻtmagan boʻlsangiz, bosh ekranda buyurtmalar mavjud emasligi va nosozliklarni bartaraf etish lozimligi haqida xabarnoma aks etadi.
Nima qilish kerak. «Diagnostika» boʻlimiga kirish uchun ushbu xabarnomaga bosing. Unda buyurtmalar olinishiga toʻsqinlik qiladigan sabablar keltirilgan boʻladi. Ularning har bittasiga bosib, mazkur sababni bartaraf etish bilan tanishib olasiz.
Xizmatga kirish cheklangan
Agar sizga xizmatga kirish imkoniyati cheklangan boʻlsa, tizim buning sababi koʻrsatilgan xabarni yuboradi.
Nima qilish kerak. «Xabarlar» boʻlimini tekshiring — bloklanish haqidagi bildirishnomalar ushbu boʻlimga keladi.
Liniyaga chiqmadingiz
Yuqori chap burchakda sariq tugma yonayotganini tekshiring. Agar u boʻlmasa, buyurtmalarni taqsimlash tizimi sizni band va hozir safarlarni amalga oshira olmaydi deb hisoblaydi.
Nima qilish kerak. Xarita aks etgan bosh ekranning quyi qismida «Liniyaga» nomli katta tugmani bosing.
Yandex Pro balansi past
Baʼzan buyurtmalardan foydalanish imkoniyatini taksoparkda cheklashadi. Koʻpincha bu holat haydovchining balansi belgilangan limitdan kam boʻlganida yuz beradi.
Nima qilish kerak. Taksoparkingiz dispetcheri bilan aloqaga chiqib, qanday cheklov oʻrnatilgani va Yandex Pro balansini toʻldirish zarurligi yoki yoʻqligini soʻrang.
Aloqa bilan muammolar
Mobil internet barqaror ishlamasa, yangi buyurtmalar kelmasligi mumkin. Smartfonda geolokatsiya oʻchirib qoʻyilgan yoki masalan, parvoz rejimi yoqilganda, yoki ilovaga smartfondagi barcha zarur funksiyalarga kirish ruxsatlari berilmaganda, shunday holat kuzatilishi mumkin.
Nima qilish kerak. Qurilmangiz sozlamalarida internet aloqasi va geolokatsiya yoniqligini tekshiring. Uni oʻchirib, qaytadan yoqing. Agar tarmoqqa ulanib boʻlmasa, signal kuchliroq joyga borib koʻring. Telefoningiz balansini tekshiring — balki operator sizni bloklagandir. Ilova talab qilayotgan barcha ruxsatlarni taqdim eting.
GPS bilan tez-tez muammo kuzatilayotgan boʻlsa, gap qurilmaning oʻzida boʻlishi mumkin. Uning Yandex Pro bilan ishlashga mos kelish-kelmasligini tekshiring.
«Ovloq» hudud
Baʼzan buyurtmalar shunchaki yaqin-atrofda safar buyurtiradigan yoʻqligi tufayli kelmasligi mumkin.
Nima qilish kerak. Agar xizmatga kirish ruxsati mavjud boʻlsa, Yandex Pro esa risoladagiday ishlasa, bosh ekrandagi xaritada siyohrang hududlarni qidiring — u yerda hozir talab yuqori, oʻsha yerga boring.