Reyting
Oxirgi yangilanish
11 Aug 2023
Har bir safar — bu sizning tajribali haydovchi va oʻz ishining haqiqiy ustasi ekanligingizni namoyish etish imkoniyatidir.
Buni aniq oʻlchash va har bir yaxshi bajarilgan safarni e’tiborsiz qoldirmaslik uchun safar oxirida biz yoʻlovchidan baho qoʻyishni soʻraymiz. Oxirgi 150 ta bahodan reyting shakllanadi — u sizning Yandex.Taxi xizmatidagi shaxsiy sifat koʻrsatkichingizdir.
Biz reytingni qanday hisoblaymiz
Reyting oxirgi 150 ta bahodan olingan oʻrtacha qiymat asosida hisoblanadi: baho qanchalik «yangi» boʻlsa, uning ahamiyati shunchalik kattaroq boʻladi. Qandaydir sabab bilan sizga berilgan oxirgi baho past boʻlib qolsa, uni tuzatishingiz mumkin, buning uchun koʻproq buyurtmalar bajarib, ular uchun yuqori baholar olishingiz kerak.
Reytingni qanday kuzatib borish mumkin
Bunda sizga Yandex Pro yordam beradi — reyting tushishni boshlasa, sizga bildirishnoma keladi.
Reytingni oʻz profilingizda koʻrishingiz mumkin. Unga kirish uchun bosh ekran va Yandex Pro ilovasida vidjetni — ekranning yuqori oʻng qismidagi summa aks etgan tugmani bosing. Shunda ismingiz ostida oʻng tarafda reytingni koʻrasiz.
Reytingni yuqori darajada ushlab turish
Safarlar uchun yuqori baho qoʻyilsa, reyting oshib boradi. Safarlar foydalanuvchilarda yoqimli taasurot qoldirsa, ular mamnuniyat bilan yuqori baho qoʻyishadi. Tez-tez shunday boʻlishi uchun xizmatda reytingi yuqori haydovchilar quyidagicha maslahatlarni berishadi:
Avtomobilni tartib bilan haydashga harakat qiling, qoʻzgʻalish, tormoz berish va safga qayta tizilishingiz keskin boʻlmasin.
Tutqichlar va ostonalarni, tirsak qoʻygichlar, stakandonlar, old oʻrindiqlar suyanchiqlari va eshik panellarini nam salfetka bilan muntazam artib tozalab turing, gilamchalarni qoqing. Yomon ob-havoda bu ishlarni tez-tez qilib turgan maʼqul.
Har 3-4 ta buyurtmadan va har bir smenadan keyin salonni shamollatish uchun oynalarni oching — mashina ichida yoqimsiz hidlar boʻlmasligi kerak.
Har bir yoʻlovchi bilan xushmuomala boʻling — salomlashing va xayrlashayotganingizda xayrli kun tilang.
Harakatni boshlashdan oldin yoʻlovchidan qaysi radioni yoqtirishini soʻrang.
Foydalanuvchi suhbat boshlagan boʻlsa, uni davom ettirishga harakat qiling, ammo bahsli mavzularni chetlab oʻting.
Foydalanuvchi band boʻlsa, uni bezovta qilmaslikka harakat qiling.
Yangi haydovchining reytingi qanday boʻladiа
Xizmatga endi ulangan haydovchiga avtomatik tarzda 50 ta besh baho taqdim etiladi. Ular 5 ga teng reyting beradi.
Reyting va xizmat bilash ishlash imkoniyati
Reyting xizmatdan foydalanish imkoniyatini beradi: uning koʻrsatkichi 4,5 dan 5 gacha boʻlsa — haydovchi buyurtmalar oladi, 4,5 dan past boʻlsa, buyurtmalarga kirish yopilishi mumkin.
Reytingni tiklashga oid batafsil maʼlumot — «Reyting va kirish qanday tiklanadi» blokida.
Yuqori tariflar bilan ishlash imkoniyati
«Ekonom”dan yuqoriroq tariflarda buyurtmalar olish uchun muayyan reytingga ega boʻlish zarur.
Qozogʻistonda yuqori tariflarda buyurtmalar olish uchun talab etiladigan reyting qiymatlari:
«Komfort», «Komfort+», «Biznes» — 4,8 dan yuqori
«Yetkazish», «Kuryer» — 4,75 dan yuqori
«Yuk mashinasi» — 4,6 dan yuqori