Yoʻlovchi salonni kir qilgan boʻlsa nima qilish kerak
Oxirgi yangilanish
29 Aug 2022
Avtomobil ifloslangan kuni yordam xizmatiga yozing Nima yuz berganini batafsil tavsiflang. Kir boʻlgan joylar aks etgan fotosuratni yuborsangiz, mutaxassis tezroq yordam bera oladi.
Agar xizmatdan maksimal miqdordagi promo-kodlarni olmagan boʻlsangiz, yordam xizmati sizga promo-kod taqdim qila oladi. Ularning soni muvaffaqiyatli safarlar soniga bogʻliq.
Agar salon juda ifloslangan va kimyoviy tozalash talab etilgan boʻlsa, 12 soatlik promo-kod olishingiz mumkin.
Yuvish va changyutkich bilan tozalash orqali tozalanadigan kir joylar uchun 6 soatlik promo-kod taqdim etiladi.
Professional tozalov talab etilmaydigan holatlar uchun (masalan, salondagi gilamchalar ifloslansa, quruq chiqindi, ushoq yoki qum toʻkilsa) promo-kodlar nazarda tutilmagan.